Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri vazirlik jamoasiga tanishtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vaziri lavozimiga tayinlangan Xilola Uktamovna Umarova bugun vazirlik jamoasiga tanishtirildi.
O‘zbekiston prezidentning Yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Odil Abduraxmanov maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Xilola Umarova hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Agrippina Shinni vazirlik jamoasiga tanishtirdi.
“Davlatimiz rahbari sohalarga yechim va mablag‘ni berdilar, bizning vazifamiz bu bolalarning sifatli ta'lim olishini ta'minlash. Bu yil biz uchun shiddatli yil bo‘ladi. Men ishonamanki, fidoiylik, shijoat va hamjihatlikda biz albatta ta'lim sifatini ko‘tarish kabi mas'uliyatli vazifani uddalaymiz” — deya ta'kidladi Hilola Umarova.
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















