“Besh tashabbus olimpiadasi Festivali” bo’lib o’tadi
Aziz yoshlar! Yurtimizda yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil maqsadida tashkil etilgan besh bosqichli olimpiada doirasida joriy yilning 24-may kuni “Besh tashabbus olimpiadasi Festivali” bo’lib o’tadi.
Festival doirasida, Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida “Zakovat”, “Munozara” tanlovlari, shaxmat shashka, futbol, voleybol va boshqa turdagi sport musobaqalari Qarshi shahrida “Vatanparvarlar” bog’i ro’parasida joylashgan suv havzasi binosi oldida Besh tashabbus olimpiadasi Festivali tashkil etiladi.
Shuningdek, festival davomida taniqli estrada xonandalari ishtirokida gala-konsert dasturi bo’lib o’tadi. Beshta muhim tashabbus doirasida o’tkaziladigan festivalga barcha vohadoshlarni faollikka chorlab qolamiz!


14.10.2025 / 10:32.Yunusobod tumani 499-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Kelajak soatidan fotolavhalar

14.10.2025 / 10:25.Yunusobod tumani 260-umumta’lim maktabida Mohir adiba va jurnalist Dilfuza Qarshiboyeva ishtirokida “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

07.10.2025 / 07:53.Yunusobod tumanidagi 265-sonli umumta’lim maktabi mukammal qayta rekonstruktsiya qilinib, tantanali foydalanishga topshirildi