Hurmatli pedagoglar!
2025-yil 1-avgust kuni — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanadi.
👉 Murojaatlar 2025-yil 1-oktabr (shu kuni ham)ga qadar:
➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedagog.uzedu.uz (https://pedagog.uzedu.uz/auth/oneID) platformasi;
➖ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali; (https://my.gov.uz/uz)
➖ Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.
👉 Eslatib oʻtamiz: joriy yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari ayni vaqtda Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun hamda "Yil oʻqituvchisi" tanlovining birinchi bosqich saralash sinovi ham hisoblanadi.
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















