Qadrli pedagoglar!
“Yil oʻqituvchisi” tanlovida ishtirok etayotgan pedagoglar tegishli platforma orqali birinchi bosqich natijalari (egallangan ball va oʻrin) bilan tanishishlari, shuningdek, oʻz natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar elektron shaklda ariza (shikoyat) berishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. (https://t.me/uzedu/39891)
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Yil oʻqituvchisi” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga koʻra: (https://lex.uz/docs/7500938)
➖mazkur arizalarni berish muddati 3 (uch) ish kuni etib belgilanganligi munosabati bilan, arizalarni yuborish ertaga — 21-yanvar kuni soat 23:59 da yakunlanishini eslatib oʻtamiz.
Maʼlumot uchun: mazkur ariza (shikoyat)lar roʻyxatga olingan kundan boshlab 15 (oʻn besh) ish kunida koʻrib chiqiladi hamda natijasi mazkur muddat davomida pedagoglarlarning pedagog.uzedu.uz platformasidagi oʻz shaxsiy kabinetlari orqali yuboriladi.
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi






















