Joriy yilda Vazir jamgʻarmasi hisobidan ustama toʻlanadigan pedagoglar soni belgilandi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan 2026-yilda Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni 1 900 nafar etib belgilandi. Xususan:
➖ umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun — 1 400 ta;
➖ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar oʻqituvchilari uchun — 100 ta;
➖ maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari uchun — 400 ta kvota oʻrni ajratildi.
Kvotalar “Maktabgacha taʼlim”, “Boshlangʻich taʼlim”, “Filologiya fanlari”, “Ijtimoiy fanlar”, “Aniq fanlar”, “Tabiiy va iqtisodiy fanlar”, “Amaliy fanlar” yoʻnalishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida taqsimlandi.
Maʼlumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining jamgʻarmasi toʻgʻrisida”gi Nizom (https://lex.uz/docs/6143326) talablariga koʻra:
saralash jarayonlarining birinchi bosqichi oʻtgan yilning yanvar-iyun va sentabr-dekabr oylarida boʻlib oʻtgan malaka sinovlarining belgilangan tartib boʻyicha aniqlangan natijalari asosida oʻtkaziladi.
Mazkur natijalar joriy yilning 1-martiga qadar tahlil qilinadi va nomzodlar roʻyxati shakllantiriladi. Birinchi bosqich natijalari boʻyicha pedagoglarning pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlariga xabarnoma yuboriladi.
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi






















