“Prezident sovgʻalari” oʻz egalari tomon yoʻl oldi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 1-sinf oʻquvchilariga beriladigan "Prezident sovgʻalari" ni hududlarga joʻnatish va yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik boʻyicha olib borilayotgan jarayonlar targʻibotiga bagʻishlangan press-tur tashkil etildi.
“Taʼminot va logistika xizmati” korxonasi hududidan boshlangan tadbirda vazirlik mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik vakillari, pedagoglar ishtirok etdi.
Taʼkidlanganidek, 2024-2025-oʻquv yilida respublikadagi mavjud 10 182 ta umumtaʼlim maktabiga 719 366 nafar maktab yoshidagi bolalar 1-sinfga chiqishi rejalashtirilgan boʻlib, hozirga qadar 586 290 nafar (81,5%) oʻquvchi qabul qilindi.
1-sinfga qabul qilingan oʻquvchilarga 12 nomdagi oʻquv qurollaridan iborat “Prezident sovgʻasi” berilishi koʻzda tutilgan.
Ushbu oʻquv qurollari joriy yilning 10-avgustiga qadar hududlarga, 20-avgustiga qadar qabul qilingan oʻquvchilar soniga mos ravishda barcha maktablarga toʻliq yetkaziladi.
Tadbir ishtirokchilari press-tur davomida Toshkent shahridagi 126-maktabda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik boʻyicha olib borilayotgan ishlar hamda 204-sonli DMTT faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

24.10.2025 / 05:01.Yunusobod tumanidagi “Nurli kelajak” nomli 43-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Non - rizq-ro’zimiz, dasturxonimiz ko’rki” mavzusida amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi
18.10.2025 / 10:15.Yunusobod tumani MMTB tasarrufidagi umumta'lim maktablarining 6-7-8sinf hamda 9-10sinf o'quvchilar toifasida "JADIDLAR IZIDAN" Respublika tanlovini tuman bosqichidagi taqdirlash jarayonlaridan fotolavhalar
14.10.2025 / 10:32.Yunusobod tumani 499-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Kelajak soatidan fotolavhalar





















