Maktab qorovullari bilan uchrashuv tashkil etildi
Toshkent shahar 324 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining qorovullari bilan uchrashib, joriy qilingan yangi tizim doirasidagi muhim masalalar muhokama qilindi. Yigʻilishda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 5-fevral kunidagi “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida qonunbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-55-sonli Qaror talablari bajarish, huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish hamda “Xavfsiz maktab” konsepsiyasi asosida ishlash tizimini taʼminlash maqsadida bir qator vazifalar belgilab olindi. Maktabda qorovullarga maxsus vositalar bilan ishlash tartiblari toʻgʻrisida tushunchalar berildi. Maktablarda kunduzi
8 soatlik xizmatni tashkil etuvchi qorovullarga 100 foiz maxsus xizmat kiyimi bilan taʼminlash masalalari hal etildi. Shuningdek, qorovullarga bir qator vazifalar va koʻrsatmalar berildi.

17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















