Press-Tur tashkil etildi
Bizning faoliyatimiz har bir xonadonda har kuni muhokama boʻladi.
Ayni vaqtda poytaxtimizdagi 298-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va tizimdagi muhim islohotlar” mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, vazir oʻrinbosarlari hamda vazirlik masʼul xodimlari ishtirok etyapti. Matbuot anjumanini ochib bergan Hilola Umarova jurnalist va blogerlarni yangi oʻquv yili bilan tabrikladi:
“Bizning tizim juda katta – maktablarimizda 6 yarim milliondan ortiq oʻquvchi, maktabgacha taʼlim tashkilotlarimizda 2 milliondan ortiq bogʻcha bolasi, texnik xodimlarni qoʻshib hisoblaganda bir millionga yaqin pedagog jamoamiz bor. Oʻquvchilar va bogʻcha bolalarimizning ota-onalari bilan ham bevosita ishlaymiz. Bu degani, bizning kundalik faoliyatimiz deyarli har bir xonadonda har kuni muhokama boʻladi. Aytmoqchi boʻlganim, vazirlik tizimi faoliyati hammaning yaqqol koʻz oʻngida turadi. Mazkur jihat bizni yanada masʼuliyat bilan ishlashga undaydi, albatta”, – deya oʻz fikrini bildirdi.


18.10.2025 / 10:15.Yunusobod tumani MMTB tasarrufidagi umumta'lim maktablarining 6-7-8sinf hamda 9-10sinf o'quvchilar toifasida "JADIDLAR IZIDAN" Respublika tanlovini tuman bosqichidagi taqdirlash jarayonlaridan fotolavhalar

14.10.2025 / 10:32.Yunusobod tumani 499-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Kelajak soatidan fotolavhalar

14.10.2025 / 10:25.Yunusobod tumani 260-umumta’lim maktabida Mohir adiba va jurnalist Dilfuza Qarshiboyeva ishtirokida “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi