36-Xalqaro Informatika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari tantanali tarzda kutib olindi
Bugun 36-Xalqaro Informatika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.
Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda tizimdagi ta'lim muassasalari mas'ullari ishtirok etib, o‘quvchilarni samimiy tabriklashdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur olimpiada joriy yilning 1-8-sentabr kunlari Misrda bo‘lib o‘tdi. Unda terma jamoamiz bronza medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qaroriga muvofiq, nufuzli xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilariga:
Oltin medal uchun — o‘quvchiga BHM 500 baravari (170 mln.), o‘qituvchisiga BHM miqdorida 450 baravari (153 mln.);
Kumush medal uchun — o‘quvchiga BHM 300 baravari (102 mln.), o‘qituvchisiga BHM miqdorida 250 baravari (85 mln.);
Bronza medal uchun — o‘quvchiga BHM 200 baravari (68 mln.), o‘qituvchisiga BHM 150 baravari (51 mln.) miqdorida bir martalik pul mukofotlari beriladi.


04.08.2025 / 08:04.Yunusobod tumanidagi 53-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlardan ota-onalar behad mamnun

31.07.2025 / 08:00.Yunusobod tumanidagi 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Maktabgacha ta’limni rivojlantirish oyligi” doirasida “Baxtli bolalik” mavzusida amaliy tadbiri bo’lib o’tdi

11.07.2025 / 10:01.Yunusobod tumanidagi 9-IDUMda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi