Ingliz tili o‘qituvchilari uchun kasbiy rivojlanish treninglariga start berildi
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi va Norvich til ta’limi instituti bilan hamkorlikda ingliz tili o‘qituvchilari uchun kasbiy rivojlanish treninglariga start berildi. Mahorat darslarida zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim berish, o‘quvchilarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ta'lim jarayonida do'stona muhitni shakllantirish hamda o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’lim kabi mavzularda so‘z bormoqda. "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirda butun Respublikamizdan ustozlar ishtirok etishmoqda. Treninglar Norvich til ta'limi instituti vakili Martyn Clarke tomonidan olib borilmoqda. Mahorat darslarida ustozlar o'z faoliyatlarida qo'llanilgan tajribalar hamda metodika haqida ham fikr almashishmoqda. Kelgusida ustozlar o‘rgangan bilimlarini o‘z hududlaridagi hamkasblari bilan bo‘lishishadi.
Trening jarayonlari 2 kun davom etadi.

24.10.2025 / 05:01.Yunusobod tumanidagi “Nurli kelajak” nomli 43-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Non - rizq-ro’zimiz, dasturxonimiz ko’rki” mavzusida amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi
18.10.2025 / 10:15.Yunusobod tumani MMTB tasarrufidagi umumta'lim maktablarining 6-7-8sinf hamda 9-10sinf o'quvchilar toifasida "JADIDLAR IZIDAN" Respublika tanlovini tuman bosqichidagi taqdirlash jarayonlaridan fotolavhalar
14.10.2025 / 10:32.Yunusobod tumani 499-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Kelajak soatidan fotolavhalar





















