Yunusobod tumanida joylashgan 47-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi
Poytaxtimizda zamonaviy va barcha shart-sharoitlarga ega davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni tobora ortib borayotganligi e'tiborlidir. Jumladan, bugun Yunusobod tumani “Xalqobod” mahallasida joylashgan 47-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti to'liq mukammal rekonstruktsiya qilinib, tantanali foydalanishga topshirildi.
Ta'lim maskani ta'mirdan so'ng qayta chiroy ochib, jajji bolajonlarni yana o'z bag'riga chorladi. Ayni paytda mazkur dargoh 390 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, to'liq zamonaviy jihozlandi. Musiqa xonasi, sport zali, oshxona va yotoqxonalarda barcha sharoit yaratilgan.
Tantanali marosimida Toshkent shahar prokurori Erkin Yuldashev, shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Nilufar Husanboyeva, tuman hokimi va sektor rahbarlari, mahalla faollari hamda ota-onalar ishtirok etdi.

17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















