560-sonli ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida qo'shimcha yangi bino tantanali foydalanishga topshirildi
Poytaxtimizning Yunusobod tumani “Sevinch” mahallasida joylashgan 560-sonli ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida qo'shimcha yangi bino tantanali foydalanishga topshirildi. Jumladan, tashkilot hududida 98 kv.m dan iborat bo'sh bino “World-Class Houses” MCHJ tomonidan ta'mirlanib, og'ir turdagi 4 turdagi tashxisli bolalar uchun 2 guruhli “G'amxo'rlik” guruhi uchun shart-sharoit yaratildi. Buning natijasida 32 nafar bolani qamrab olish imkoniyati imkoniyati paydo bo'ldi. Unda gidromassaj va davolovchi mashqlar kompleks xonasi, malakali tibbiy xizmat xonalari mavjud.
Ochilish marosimida Toshkent shahar prokurori Erkin Yuldashev, shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Nilufar Husanboyeva, tuman hokimi va sektor rahbarlari, mahalla faollari hamda ota-onalar ishtirok etdi.

25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















