"Ta’limda rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish dasturi (ELDP)"ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Kuni kecha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda "Ta’limda rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish dasturi (ELDP)"ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Respublikamizning barcha hududlaridan 30 nafardan ortiq direktor hamda direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishmoqda. Ochilish marosimida vazir o‘rinbosari Sardor Rajabov qatnashib, ta'limda liderlikning ahamiyati haqida so‘z yuritdi va seminar ishida omad tiladi.
Mahorat darslarida tajribali mutaxassislar tomonidan:
➖maktab rahbariyatining muloqot va yordam berish qobiliyatlarini rivojlantirish,
➖tanqidiy fikrlash va muammolarga yechimlar topish,
➖jamoada yangi bilimlarni egallashga bo‘lgan ishtiyoqni oshirish kabi mavzularda so‘z bormoqda.
Trening jarayonlari 27-sentabrga qadar davom etadi.

25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















