Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida UNESCO tashkiloti vakillari bilan mediasavodxonlik yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida UNESCO tashkiloti vakillari bilan mediasavodxonlik yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda vazirning birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev, xalqaro konsultant, doktor Olunifesi Adekunle Suraj hamda ikki tomondan mas'ullar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida:
➖maktablarda media savodxonlik tizimini takomillashtirish,
➖ta'limda onlayn-xavfsizlikni ta’minlash,
➖umumta’lim fanlari darsliklariga media ta’limning singdirilishi kabi mavzularda so‘z bordi.
Ma'lumot o‘rnida: maktablarining tarbiya, informatika va AT, geografiya, fizika, matematika, tarix, davlat va huquq asoslari, ona tili fanlari tarkibiga axborotni olish va saralash, ishonchli manbalarni aniqlash, soxta va haqiqiy axborotni bir-biridan farqlash kabi tushunchalar singdirilgan holda o‘qitilib kelinmoqda.

17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















