Inklyuziv ta’lim yondashuvlari asosida seminar-trening tashkil etildi
Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan USAID xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda inklyuziv ta’lim yondashuvlari asosida o‘quv treninglari bo‘lib o‘tdi. Unda inklyuziv ta'lim sohasida faoliyat yurituvchi 50 nafarga yaqin ustoz va bo‘lajak o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Mahorat darslari Sirakyuz universiteti (AQSH) mutaxassislari tomonidan olib borildi. Mashg‘ulotlar nazariy va amaliy tarzda tashkil etilib, unda inklyuziv ta’limni samarali tashkil etish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning malaka oshirish dasturlarini tahlil qilish va mazkur dasturlarni yanada takomillashtirish haqida so‘z bordi.
Treninglar 3 kun davom etadi.

15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi





















