"Ong bo‘yicha ilm-fan hamda kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va ta'limi" mavzusida xalqaro kongress bo‘lib o‘tdi
UNESCOning Parijdagi shtab-kvartirasida "Ong bo‘yicha ilm-fan hamda kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va ta'limi" mavzusida xalqaro kongress bo‘lib o‘tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev ishtirok etdi. Tadbirning maqsadi — neyron ilm-fan yutuqlarini erta ta’lim tizimlariga integratsiya qilish hamda barcha bolalar uchun sifatli ta’limga teng huquqni ta’minlashga qaratilgan Toshkent deklaratsiyasi tamoyillarini amalga oshirishdir.
Oʻz chiqishida Usmon Sharifxodjayev innovatsiyalar va erta rivojlanishning kelajak avlodlar uchun ahamiyatini ta’kidlab, barcha davlatlarni Toshkent deklaratsiyasida belgilangan tamoyil va strategiyalarga sodiq qolishga chaqirdi.

15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi





















