Muhtaram yurtdoshlar! Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Avvalo, siz, azizlar bilan – qalbimga eng yaqin, olijanob insonlar bilan mana shunday qutlug‘ ayyomda, bayramona kayfiyatda ko‘rishib turganimdan baxtiyorman.
Sizlarni, sizlarning timsolingizda mamlakatimizning barcha ta’lim-tarbiya xodimlarini O‘qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
Mana shunday quvonchli kunda barcha shogirdlaringiz, ko‘pmillatli xalqimiz nomidan sizlarga yuksak hurmat-ehtiromimizni, ezgu tilaklarimizni bildirib, chuqur minnatdorchilik izhor etaman.
Biz ustozni otadek ulug‘ deb bilgan, uni hamisha boshiga ko‘tarib e’zozlagan buyuk, ma’rifatparvar xalqning vakillarimiz.
Tariximizdagi qaysi mashhur ajdodimizni olmaylik, ularning barchasi ustozlarga yuksak ehtirom bilan qaraganlariga guvoh bo‘lamiz.
Ustozini, muallimini e’zozlagan jamiyat albatta ravnaq topadi, gullab-yashnaydi.
O‘qituvchisining qadr-qimmati baland bo‘lgan xalqning obro‘-e’tibori yuksak bo‘ladi.
Hayotda har bir ezgulik, har bir kashfiyot va yutuqning zamirida o‘qituvchining mehnati, bardoshi va mehr-muhabbati mujassam.
Shu bois, har birimiz hayotda qanday muvaffaqiyat va natijaga erishgan bo‘lsak, bu yutuqlarda aziz ustozlarimizning beqiyos hissasi borligini doimo minnatdorlik bilan e’tirof etamiz.
Ta’lim – sohalar ichida eng dolzarbi, maktab – eng muhimi bo‘lsa, o‘qituvchilik kasblar orasida eng ulug‘idir.
Shaxsan men o‘qituvchi deganda – o‘zim uchun aziz va qadrli bo‘lgan zotlarni, yuz-ko‘zidan nur yog‘ilib turadigan moʻtabar insonlarni tasavvur qilaman.
Samimiy va mehribon, shu bilan birga, talabchan ustozlarimni, ularning darslari, hayotiy saboqlarini hamisha sog‘inaman.
Shavkat Mirziyoyev,
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

18.10.2025 / 10:15.Yunusobod tumani MMTB tasarrufidagi umumta'lim maktablarining 6-7-8sinf hamda 9-10sinf o'quvchilar toifasida "JADIDLAR IZIDAN" Respublika tanlovini tuman bosqichidagi taqdirlash jarayonlaridan fotolavhalar
14.10.2025 / 10:32.Yunusobod tumani 499-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Kelajak soatidan fotolavhalar
14.10.2025 / 10:25.Yunusobod tumani 260-umumta’lim maktabida Mohir adiba va jurnalist Dilfuza Qarshiboyeva ishtirokida “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi





















