Yunusobod tumani 259-sonli umumta'lim maktabi to'liq mukammal ta'mirlanib, tantanali foydalanishga topshirildi

Poytaxtimizda zamonaviy shart-sharoitlarga ega umumta'lim muassasalari soni tobora ortib bormoqda. Jumladan, Yunusobod tumani “Sobirobod” mahallasida joylashgan 259-sonli umumta'lim maktabi to'liq mukammal ta'mirlanib, tantanali foydalanishga topshirildi.
Tantanali marosimda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i N.Husanboyeva, Yunusobod tumani hokimi o'rnibosari J. Nabiyev, sektor rahbarlari, mahalla faollari va ota-onalar ishtirok etdi.
Davlat investitsiya dasturi asosida kapital ta'mirlangan mazkur maktab 1280 nafar o'quvchi tahsil oladi. Unda sport zallari, sinf xonalari, oshxona zamonaviy jihozlandi. Muhimi, ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish uchun barcha qulaylik yaratildi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi





















