Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumta'lim maktabida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” Respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

Yunusobod tumanidagi 5-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” Respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tanlovning oʻzbek tili fani yoʻnalishida N.Kubayeva (Jizzax viloyati) faxrli birinchi o'rinni egalladi. S.Doniyorova (Buxoro), I.Yoʻldosheva (Xorazm)lar keyingi pog'onalardan joy oldi. Ona tili fani yoʻnalishi boʻyicha B.Joʻrayev (Fargʻona) birinchi o'rinni egallagan bo'lsa, Oʻ.Abduraimova (Jizzax) hamda I.Yusupova (Qoraqalpogʻiston) ikkinchi va uchinchi o'ringa munosib topildi.
Mirzo Ulug'bek tumanidagi 208-maktab o'zbek tili o'qituvchisi Nigora Rahmatova “Eng ijodkor o'qituvchi”, Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi ona tili o'qituvchisi Dono Saidaxmedova “Eng jonkuyar o'qituvchi” nominatsiyalari g'olibi bo'ldi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















