Yunusobod tumanidagi 21-sonli umumta'lim maktabida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi

Yunusobod tumanidagi 21-sonli umumta'lim maktabida tumandagi Bolalar tashkilotiga a'zo bo‘lgan sardorlar, Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Suhrobbek Kirgizbаyev, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o'rinbosarlari, sho'ba rahbarlari ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi.
Unda Suhrobbek Kirgizbayev sardorlar tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar yoshlarga koʻmak zarur boʻlsa yordam berilishi haqida toʻxtaldi. Shuningdek tuman sardorlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha maktablarda o‘quvchilarning iqtidorlarini yuzaga chiqarish, ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha faoliyat olib borishlari to‘g‘risida ma'lumotlar berdilar.
Tadbir so'nggida faol sardorlarga estalik sovg'alari va tashakkurnomalar topshirildi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















