“Men giyohvandlikka qarshiman” ko‘rik-tanloviga start berildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Milliy markaz bilan hamkorlikda o‘quvchilar o‘rtasida “Men giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostidagi ko‘rik-tanloviga start berildi.
➖ Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchilarda giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirish, bu illatga qarshi murosasiz kurash kayfiyatini uyg‘otish, sog‘lom turmush tarziga rioya etishlari bo‘yicha bilimlarini yuksaltirish, shuningdek ijodiy salohiyatini yana-da oshirishdan iborat.
📍Mazkur tanlov 4 bosqichda: maktab, tuman (shahar), hududiy va Respublika bosqichlarida insho va tasviriy sanʼat yo‘nalishida o‘tkaziladi.
📌 Maʼlumot uchun:
➖Birinchi bosqich: umumtaʼlim maktablarida 4-fevraldan 10-fevralga qadar;
➖Ikkinchi bosqich: tuman (shahar)larda 15-fevraldan 25-fevralga qadar;
➖Uchinchi bosqich: 15-martdan 25-martga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda;
➖Yakuniy bosqich: Respublika bosqichi aprel oyida o‘tkaziladi.
❗️Barcha o‘quvchi-yoshlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















