O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o'qituvchilari tashrif buyurishdi

Kecha Yunusobod tumanidagi 70-sonli umumta’lim maktabiga O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi, O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Siyosiy fanlar kafedrasi mudiri, professor Muqimjon Kirgizboyev hamda universitet o'qituvchilari tashrif buyurishdi.
Tashrif doirasida yuqori sinf o’quvchilari bilan ochiq muloqot o’tkazildi. Unda Muqimjon Kirgizboyev bilimli va yetuk mutaxassis bo’lish uchun yoshligidan intilish, izlanish, tanqidiy fikrlash va zamonaviy dunyoqarashga ega bo’lishning ahamiyati haqida to’xtalib o’tdi. Shuningdek, u yoshlarga jurnalistika, siyosiy fanlar va kommunikatsiya sohalarining bugungi kundagi o’rni va istiqbollari haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etdi.
O’quvchilar mehmonlarga o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















