Xalqaro hamkorlik loyihasi doirasida 58 ta maktab quriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida ta'lim sifati va samaradorligini oshirish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” qarori qabul qilindi.
Unga koʻra:
Islom taraqqiyot banki, Rivojlanish uchun islom birdamlik jamg‘armasi va Taʼlim boʻyicha global hamkorlik tashkiloti ishtirokida amalga oshirilayotgan “Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida inklyuziv taʼlim imkoniyatlariga ega 58 ta, jumladan:
➖ 30 ta — 1 650 oʻrinli;
➖ 16 ta — 990 oʻrinli;
➖ 11 ta — 660 oʻrinli;
➖ 1 ta — 330 oʻrinli zamonaviy umumtaʼlim maktabi quriladi va jihozlanadi.
Xususan, pedagog kadrlarni malakasini oshirish, maktab taʼlimida inklyuziv taʼlim joriy etish, davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish, xalqaro talablar va yondashuvlar asosida malaka oshirishning “aralash oʻqitish” modeli joriy etiladi.
Buning natijasida:
➖72 ming nafardan ortiq yangi oʻquv oʻrinlari yaratiladi;
➖500 nafardan ortiq nogironligi bor oʻquvchilar uchun inklyuziv taʼlim sharoitlari yaratiladi;
➖36 ming nafar pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishi taʼminlanadi.
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















