Prezident boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida navbatdagi “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.
➖ Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda kuni kecha Davlatimiz rahbari boshchiligida tizimdagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish, kelgusidagi ustuvor masalalar bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda belgilangan vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi.
Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tar ekan, yig‘ilishda berilgan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va samarali tashkil etish uchun barcha mas’ullar “favqulodda to‘qson kunlik” ish rejimiga o‘tib ish olib borishi zarurligini alohida qayd etdi.
“Eng asosiy maqsadimiz, bog‘chalarni kun davomida bolani faqat vaqtini o‘tkazadigan emas, ularning ta’lim olishlari uchun ilk ko‘nikmalarni shakllantiradigan maskanga aylanishiga erishishdir.
Shu sababli maktabgacha ta’limda sifat samaradorligiga erishish kechiktirib bo‘lmas masala ekanligini mas’ullar his qilishi kerak”,
— dedi vazir.
Shundan kelib chiqqan holda soha mutasaddilari oldiga bog‘cha tarbiyachilarining malakasi, mahorati, psixologik tayyorgarligini oshirish uchun kasbiy sertifikatlash tizimini joriy etish, iyun-avgust oylarida 7 mingta bog‘chalardagi 118 ming nafar tarbiyachini yangi dasturlar bilan ishlashga o‘rgatish vazifalari qo‘yildi.

30.08.2025 / 08:43.Yunusobod tumani 288-umumta’lim maktabida 1-sonli pedagogik kengash bo‘lib o‘tdi

30.08.2025 / 08:36.Yunusobod tumani 288-sonli umumta'lim maktabida “Mahoratli o'qituvchi — millat tayanchi” shiori ostida To'rtinchi ustozlar milliy forumining maktab bosqichi bo'lib o'tdi

28.08.2025 / 10:20.Yunusobod tumanidagi 206-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ham “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bayram tadbiri o'tkazildi