Yunusobod tumanidagi 246-maktab ma'muriyati tashabbusi bilan tashkil etilgan “Book Lab” kutubxonasining tantanali ochilishi bo'lib o'tdi
Tadbirda maktab ma'muriyati, o'qituvchilar, o'quvchilar hamda mehmonlar ishtirok etdilar. Ochilish marosimida o'quvchilar o'rtasida o'tkazilgan she'rxonlik tanlovi g'oliblari faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Yangi kutubxonada nafaqat badiiy adabiyotlar, balki fanga oid, ma'rifiy va ta'lim resurslar ham joy olgan. Shuningdek, mazkur kutubxona Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaga elektron tarzda ulangan bo'lib, o'quvchilar internet orqali yurtimizdagi yirik axborot manbalariga ham bevosita murojaat qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Kutubxona yil davomida faoliyat yuritib, hatto yozgi ta'til paytida ham o'quvchilarga xizmat ko'rsatadi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

14.10.2025 / 10:32.Yunusobod tumani 499-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Kelajak soatidan fotolavhalar

14.10.2025 / 10:25.Yunusobod tumani 260-umumta’lim maktabida Mohir adiba va jurnalist Dilfuza Qarshiboyeva ishtirokida “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

07.10.2025 / 07:53.Yunusobod tumanidagi 265-sonli umumta’lim maktabi mukammal qayta rekonstruktsiya qilinib, tantanali foydalanishga topshirildi