Texnologiya va an’anaviy madaniyatlar toʻqnashuvi

Respublika bolalar kutubxonasida Yunusobod tumanining 17-, 302-, 239-, 53-, 58-, 271-maktablarning iqtidorli o‘quvchilari o‘rtasida “Texnologiya va an’anaviy madaniyatlar to‘qnashuvi” mavzusida bahs-munozaraga boy turnir bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchi o‘quvchilar ustozlari Sayyora Tojiyeva, Mahliyo Boltayeva, Komila Tursunova, Dildora Islomova, Baxtigul Tog‘aymurodova, Saida Nigmatova yo‘l-yo‘riqlari va maktab ichki debatlaridagi ishtiroklaridan olgan tajribalari yordamida debatga tayyorlandilar.
Hakamlar tarkibi chet ellik xorijiy til o‘qituvchilaridan tuzildi. Maria Francia Cabling, Kodam Thirumla Laxman, Zuhra Miliyeva o‘quvchilarni ingliz tilida ravon va xatosiz gapira olishi, auditoriya oldida o‘ziga bo‘lgan ishonchi va o‘z fikrini mavzu talabiga asosan yetkazib bera olishi kabi mezonlardan kelib chiqib baholashdi.
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















