Yunusobod tumanidagi 70-sonli umumta'lim maktabi qoshidagi “Boychechak” yozgi sport-sog‘lomlashtirish maydonchasi bolajonlarning sevimli maskaniga aylangan

Bugun bu yerda quvnoq teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari tashkil etildi. Bolalar quyoncha, ertak qahramonlari kabi sevimli obrazlarga kirib, aktyorlik mahoratlarini namoyish qilishdi. Ayniqsa, maktab kutubxonasida o‘tkazilgan audio ertaklar tinglash va ular asosida suhbatlashish mashg‘uloti bolalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ertaklar dunyosiga sayohat qilib, o‘z fikrlarini erkin ifoda etishdi.
Mashg’ulotlar so‘nggida barcha ishtirokchilar rag‘batlantirildi va taqdirlandi. Bu kun nafaqat ko‘ngilochar, balki tarbiyaviy va ma’rifiy jihatdan ham foydali bo‘ldi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















