Axborot texnologiyalari yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytiriladi

“Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida axborot texnologiyalari yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha tayanch maktab etib belgilandi.
Tayanch maktab va filiallarga rahbar kadrlar 2 bosqichli, pedagog kadrlar 3 bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
Filiallarga o‘quvchilar tayanch maktab uchun belgilangan tartib asosida saralab olinadi.
Filiallarda o‘quvchilar uchun autsorsing asosida belgilangan tartibda bepul sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladi.
Filiallar zamonaviy talablarga muvofiq plastik qoplamali (HPL panel) sinf stoli, plastik qoplamali egri yelimlangan fanerali sinf stullari bilan jihozlanadi.
Ma’lumot uchun: Prezident Farmoni (https://lex.uz/en/docs/-6862220) asosida 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internat negizida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etilgan.
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















