Sport turlari boʻyicha eng yaxshi koʻrsatkichga ega oʻquvchilar sport maktablariga yoʻnaltiriladi

Vazirlar Mahkamasining “Oʻquvchilarning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali ularni sport turlariga yoʻnaltirish hamda sportni ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:
➖ umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilarni tibbiy koʻriklardan oʻtkazish jarayonida ularning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali sport turiga boʻlgan qobiliyatini aniqlash va shu asosda ularni sportga yoʻnaltirish boʻyicha elektron tizim yoʻlga qoʻyiladi;
👉 2025-yil 15-avgustga qadar:
➖ oʻquvchilarning fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda, ularni sport turlariga yoʻnaltirish boʻyicha maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maxsus modul ishga tushiriladi;
➖ oʻquvchilar har yili bir marta har bir hududdagi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi;
👉 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:
➖ har yili bir marta maktab hamshiralari uchun oʻquvchilarning fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlarini aniqlash boʻyicha oʻquv-seminarlar tashkil etiladi;
➖ har bir maktabda yakkakurash va jamoaviy olimpiya sport turlari boʻyicha kamida 1 tadan toʻgarak tashkil qilish maqsadida sport maktabidagi murabbiylarni maktablarning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga biriktiriladi;
👉 2025-yil 15-sentabrga qadar:
➖ tegishli platforma maʼlumotlariga koʻra sport turlari boʻyicha eng yaxshi koʻrsatkichga ega boʻlgan oʻquvchilar sport maktablariga yoʻnaltiriladi.
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















