Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda o‘qituvchilar uchun Ijtimoiy-hissiy ta’lim (SEL) dasturi bo‘yicha o‘quv treninglariga start berildi

Bugun mazkur treninglarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda vazir o'rinbosari Sardor Radjabov, UNESCOning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, mas’ullar va ishtirokchi ustozlar qatnashishdi.
Dastur doirasida UNESCOning rasmiy platformasida o‘zbek tilida joylashtirilgan “Ijtimoiy-hissiy murabbiy” nomli onlayn platformaning taqdimoti ham o‘tkazildi.
Ma'lumot o'rnida: ushbu dastur ilk bora amaliyotga joriy etilmoqda hamda bu galgi o‘quvlarda 40 nafar professor ustozlar o‘z bilim va mahoratlarini oshirishlari ko‘zda tutilgan.
2 kun davom etadigan o‘quv kurslarida:
➖ Empatiya (o‘z- o‘zini anglash, o‘ziga rahmdil bo‘lish ko‘nikmalarni shakllantirish),
➖Ta’lim oluvchilar bilan sog‘lom munosabatlar o‘rnatish,
➖ “Ijtimoiy-hissiy murabbiy” onlayn platformasi bilan tanishish va ishlash rejalashtirilgan.
➖ Shuningdek, ustozlar o‘quv mashg‘ulotlari doirasida sho‘balarga bo‘lingan holda taqdimotlar bilan ishlaydilar va namoyish etadilar.
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















