Hurmatli ustozlar, aziz o‘quvchilar!

Sizlarni barchangizni xalqimiz hayotida o‘ziga xos bayramga aylangan — “Bilimlar kuni” bilan chin dildan tabriklayman.
So‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida ta’lim sohasiga tubdan yangicha ruh va mazmun kirib kelmoqda.
Bu sa’y-harakatlar, avvalo, yosh avlodimizni Vatanga sadoqatli, bilimli va yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalash, ularning iqtidorini rivojlantirish va nurli kelajagimiz uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qilmoqda.
Yangi O‘zbekiston g‘oyasining yuragida ham, avvalo, zamon talabiga javob beradigan, sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish masalasi alohida o‘rin tutadi. Chunki ilm-ma’rifat taraqqiyot va yuksalishning asosiy garovidir.
Bugun ta’lim maskanlarining ostonasidan ilk bor kirib kelayotgan qariyb 740 ming nafar bolajonlarimizning ko‘zlaridagi porloq umid va ulug‘ orzular nafaqat ularning ota-onalari, yaqinlari, balki barcha ustoz va murabbiylarimizning qalbida ham muxrlanib qoladi. Chunki bilim olishga qadam qo‘ygan har bir farzandimiz — bu yurtimizning ertangi kuni, bizning eng katta suyanchimiz va ishonchimizdir.
Aziz o‘quvchilar!
Sizlarga yana bir bor bugungi kun muborak bo‘lsin deyman. Ilm va ma’rifat dargohida katta zafarlar qozonishingizni, bilim cho‘qqilarini quloch ochib zabt etishingizni tilayman.
E’zoza Karimova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

14.10.2025 / 10:32.Yunusobod tumani 499-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Kelajak soatidan fotolavhalar

14.10.2025 / 10:25.Yunusobod tumani 260-umumta’lim maktabida Mohir adiba va jurnalist Dilfuza Qarshiboyeva ishtirokida “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

07.10.2025 / 07:53.Yunusobod tumanidagi 265-sonli umumta’lim maktabi mukammal qayta rekonstruktsiya qilinib, tantanali foydalanishga topshirildi