Vazir “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

Bugun yurtimizning barcha umumta’lim maskanlarida 2025-2026-o‘quv yilining birinchi dars soatlari boshlandi. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova poytaxtimizdagi 273-umumta’lim maktabida o'tkazilgan “Birinchi qo‘g‘iroq” tadbirda qatnashdi va o‘quvchilarni samimiy tabrikladi.
➖ Shuningdek, yangi o’quv yilida kutilayotgan yangiliklar va sohadagi o‘zgarishlar haqida so‘z yuritildi.
Tadbirda Prezident tabrigi ham o‘qib eshittirildi.
Shundan keyin, vazir E’zoza Karimova maktabga 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarni ushbu shodiyona bilan tabrikladi va “Prezident sovg‘asi” ni taqdim qilindi.
Bundan tashqari, vazir ”Kelajak soati” darslarida qatnashib, o‘quvchi yoshlar bilan muloqot qildi.
Ma’lumot o’rnida: 2025-2026-o’quv yilida 10 mingdan ortiq maktablarga 720 mingdan ortiq o’g’il-qizlar 1-sinfga qabul qilindi.
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















