Yunusobod tumanidagi 265-sonli umumta’lim maktabi mukammal qayta rekonstruktsiya qilinib, tantanali foydalanishga topshirildi

Poytaxtimizda zamonaviy va ko'rkam umumta'lim maktablari soni yana bittaga ko'paydi. Jumladan, bugun Yunusobod tumanidagi 265-sonli umumta’lim maktabi mukammal qayta rekonstruktsiya qilinib, tantanali foydalanishga topshirildi.
Qurilish ishlari qisqa muddatda amalga oshirildii. Maktab binosida zamonaviy sinfxonalar, sport va faollar zali, kutubxona, oshxona mavjud. O‘quvchilar chuqur bilim olishlari va qo‘shimcha to‘garaklar uchun sharoitlar yaratildi.
Bugungi kunda ta'lim muassasasida 89 nafar pedagog-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Maktab 1076 o‘rinli bo‘lib, hozirgi kunda 1738 nafar o‘quvchi tahsil olyapti. Maktab quvvatini oshirish, o‘quvchilarga zamonaviy bilimlar berish maqsadida qo‘shimcha o'quv binosi qurish ishlari jadal olib borilmoqda.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi
03.11.2025 / 09:40.Yunusobod tumanidagi “Nurli kelajak” nomli 43-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ham “Kelajak soati” loyihasi doirasidagi mashg'ulotlar yuqori saviyada tashkil etildi





















