Bugun Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universitetida maktabgacha ta’lim tizimi pedagog-trenerlarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv kursiga start berildi

Mazkur kurs Islom taraqqiyot banki (ITB), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda UNICEF hamkorligida “O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.
Bundan asosiy maqsad — maktabgacha ta’lim tizimida uchrayotgan dolzarb muammolarni bartaraf etishda tarbiyachilarning rolini kuchaytirish, ularning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish va trenerlik ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Kurs joriy yilning 17-oktabriga qadar davom etadi. Unda respublikamizning 12 ta hududiy pedagogika oliy ta’lim muassasalari maktabgacha ta’lim yo’nalishi mutaxassislari ham ishtirok etmoqda.
Mazkur tashabbus maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















