Yurtimiz ziyolilari “21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni” munosabаti bilan maktablarda "Kelajak soati" darslarini o‘tishmoqda

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari — Farhod Boqiyev, Azizbek Turdiyev, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida poytaxtimizning qator maktablarida “Kelajak soati” darslari tashkil etildi.
“21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni” munosabаti bilan o‘tkazilgan ushbu dars soatlarida davomida o‘quvchilarga milliy qadriyatlarni o‘rganish, ular qalbida yurtga sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otish bo‘yicha zarur ma’lumotlar berib o‘tildi.
Ma'lumot o'rnida, joriy o‘quv yilidan boshlab bog‘cha va maktablarda haftaning har dushanba kuni “Kelajak soati” darslari o‘tilmoqda.
Ushbu darslar uchun soha olimlari, ekspertlar ishtirokida dars ssenariylari ishlab chiqildi hamda videokontent mahsulotlari tayyorlandi.
➖ Ishlab chiqilgan metodik materiallar “milliytarbiya.uz” elektron platformasiga raqamli kontent shaklida joylashtirib borilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda “Kelajak soati” darslari uchun alohida kanal faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur mashg‘ulotlar davomida tarbiyalanuvchilar zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, tafakkurini kengaytirish hamda ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan faoliyatlarda ishtirok etmoqdalar.
🔴 Jarayonlar butun Respublika bo‘ylab bo‘lib o‘tmoqda.
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















