Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Suhrobbek Kirgizbayev tumandagi 86- hamda 288-sonli umumta’lim maktablariga tashrif buyurishdi

Bugun Yunusobod tumani prokurori yordamchisi Shohrux Toshmurodov hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Suhrobbek Kirgizbayev tumandagi 86- hamda 288-sonli umumta’lim maktablariga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida “Kelajak soati” loyihasi doirasida “Oʻzbekiston bayrog‘i” va "Jahon bolalar kuni" mavzularida ochiq dars mashg'ulotlari o'tkazildi. O‘quvchilarga yurtimiz bayrog‘ining tarixi, ramziy ma’nosi va qadr-qimmati hayotiy misollar orqali batafsil tushuntirildi.
Mashg‘ulot jarayonida milliytarbiya.uz platformasidagi o‘quv kontentlari va ssenariylardan foydalanildi. O‘quvchilar mavzu bo‘yicha qo‘shiq va she’rlarni yod olib, topshiriqlarni katta qiziqish bilan bajardilar.
18.02.2026 / 08:39.Yunusobod tumanidagi 43-sonli DMTTdirektori Dilnoza Alimova Scientific Academy “Ilm-fanni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari va xalqaro ilg‘or tajribalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada munosib ishtirok etdi
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi





















