Uyda yakka tartibda oʻqitiladigan oʻquvchilarni oʻqitganlik uchun oylik yoʻl kompensatsiyasi toʻlanadi


Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi tegishli qarori bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra:

➖ uyda yakka tartibda oʻqitiladigan oʻquvchilar, shu jumladan, 1 xil yoshdagi va 1 ta manzildagi 2 va undan ortiq oʻquvchilarni oʻqitganlik uchun maktab oʻqituvchilariga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida oylik yoʻl kompensatsiyasi toʻlanadi;

kompensatsiya maktabdan ushbu oʻquvchining yashash joyigacha kamida 1,5 km boʻlganda hamda oʻquvchiga biriktirilgan bir nechta oʻqituvchilarga kompensatsiya ularning har oyda amalda oʻtkazadigan oʻquv soatlari ulushidan kelib chiqib, uyda oʻqitilayotganlarning oʻquv rejasidagi oʻquv soatlari miqdoriga mutanosib toʻlanadi.

➖ davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi hamda tibbiyot hamshiralari vaqtincha ishda boʻlmagan davrda ularning vazifasini bajarish uchun ichki buyruqlar oʻrindoshlik asosida rasmiylashtiriladi. Bunda bajarilgan ish uchun 100 foiz miqdorda (boshqa lavozimlar uchun 50 foiz miqdorda) ish haqi toʻlanadi;

mazkur holatda oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritgan xodimning jami ish yuklamasi 1,5 stavkadan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.