Kuni kecha Boku shahrida "SAF2025" xalqaro festivali bo'lib o'tdi

Kuni kecha Boku shahrida "SAF2025" xalqaro festivali bo'lib o'tdi. Unda dunyoning yigirmadan ortiq davlatidan kelgan yoshlar innovatsion loyihalari bilan ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashdilar.
Quvonarlisi, mazkur nufuzli xalqaro anjumanda Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi 2-“G” sinf o‘quvchisi Saidali Sayidov A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi STEAM markazi jamoasi tarkibida munosib ishtirok etdi. Iqtidorli o'quvchi bilim va yuqori mahoratini namoyon etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Tanlov yakunida Saidali Sayidov kumush medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Uning bu yutug‘i nafaqat maktabi, balki yurtimiz yoshlari uchun ham faxr-iftixor bo‘lib, kelgusida yuksak g‘alabalarga mustahkam zamin yaratishi shubhasiz.
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















