Maktabgacha taʼlim tashkilotlari psixologlari uchun o‘quv seminar tashkil etildi


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamdaTaʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi  hamkorligida maktabgacha taʼlim tashkilotlari psixologlari uchun o‘quv seminar tashkil etildi.

Tadbirning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi mutasaddilari hamda psixologlar ishtirok etdi.

Mazkur o‘quv seminar 2 bosqichda o‘tkazilib, 1-bosqich jarayonlari joriy yilning 27-28-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 

O‘quvlarga 170 nafar, 1-20 dekabr kunlari o‘tkaziladigan 2-bosqich jarayonlarida tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ishlaydigan 4 mingdan ziyod psixologlar jalb etiladi.