Badiiy gimnastika sport turi boʻyicha “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” musobaqasi gʻoliblari aniqlandi


 Badiiy gimnastika sport turi boʻyicha maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan  “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” musobaqasining  respublika bosqich sinovlari yakuniga yetdi.

➖ (https://t.me/uzbekistan24_tvnews/268419) Gʻoliblarni taqdirlash marosimida vazirlik rahbariyati vakillari, musobaqa ishtirokchilari, ota-onalar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

🔰 Yakuniy bahslarda jami 98 nafar oʻquvchi-qiz gʻoliblik uchun bahs olib borishdi. Umumiy natijalarga koʻra, jamoaviy bahslar boʻyicha:

🥇1-oʻrin — Toshkent shahridagi 168-umumtaʼlim maktabi jamoasiga;
🥈2-oʻrin — Buxoro viloyati, Kogon shahridagi 7-umumtaʼlim maktabi jamoasiga;
🥉3-oʻrin — Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi 6-umumtaʼlim maktabi jamoasiga;

yakka ishtirokchilar yoʻnalishi boʻyicha:

🥇1-oʻrin — Toshkent shahridagi 49-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Milana Shestekovaga;
🥈2-oʻrin — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahridagi 46-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Sevara Sharipovaga;
🥉3-oʻrin — Samarqand shahridagi 55-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Muslima Aliakbarovaga nasib qildi.

➖ (https://t.me/uzbekistan24_tvnews/268419)  Musobaqa gʻoliblari Vazir kubogi, maxsus Diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

👉 Maʼlumot uchun: musobaqasining tuman (shahar) bosqichida 2 240 ta umumtaʼlim maktablaridan 50 952 nafar, hududiy bosqich sinovlarida 1 664 nafar oʻquvchi-qiz ishtirok etgan.