Xalqaro tajriba almashinuvi — ta’lim sifatini oshirish garovi

Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasi Guandon provinsiyasi Xalqaro almashinuv va hamkorlik bo‘limi delegatsiyasi Chirchiq shahrida bo‘lib turibdi. Bundan asosiy maqsad — ta’lim sohasida ilg‘or tajribalar bilan o‘zaro almashish, samarali yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishdir.
Delegatsiya Chirchiq shahridagi qator ta’lim muassasalarida bo‘lib, o‘quv-tarbiya jarayonlari bilan tanishdi. Xususan, 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kasb-hunarga yo‘naltirilgan ta’lim va amaliy mashg‘ulotlar namoyish etildi.
13- va 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Xitoy tajribasiga asoslangan rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar va innovatsion metodlar namoyish etilib, ularning bolalar tafakkuri va ijodkorligini rivojlantirishdagi ahamiyati e’tirof etildi.
Tashrif davomida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i xitoylik delegatsiya bilan uchrashib, ta’lim sifatini oshirish, pedagoglar malakasini rivojlantirish va qo‘shma loyihalar masalalarini muhokama qildi.
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















