Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E‘zoza Karimova O‘mon sultonligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Al Sayyida Vafa Jabr Nasser Al Busaidi bilan uchrashdi


Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E‘zoza Karimova O‘mon sultonligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Al Sayyida Vafa Jabr Nasser Al Busaidi bilan uchrashdi. 
➖ Unda O‘mon Sultonligi bilan maktabgacha va maktab ta’limi sohasida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi. 
Shuningdek, tomonlar maktabgacha ta’lim, STEM, o‘quvchilar almashinuvi, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashishdi.