Yurtimiz umumta’lim maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi
Bugun — 5 sentyabr kuni Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi 10 085 ta maktabda 2022-2023 o‘quv yili darslari boshlandi. Joriy o‘quv yilida 702 000 nafar bolajonlar umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi. Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi. Aytish lozimki, maktablarda tahsil olayotgan 6 469 737 nafar o‘quvchi ishtirokida tashkil etilayotgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida mahalliy hokimliklar hamda keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Mazkur “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida tashkil etilib, unda xalqimiz ardog‘idagi insonlar, maktablarning ko‘zga ko‘ringan bitiruvchilari hamda davlat idoralari rahbarlari qatnashdi. Shuningdek, ayni vaqtda respublikamizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2022-2023 o‘quv yilining birinchi dars soati — “Mustaqillik darslari” boshlandi. Ushbu darslarda istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar, yoshlarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan katta g‘alabalar hamda milliy tariximizning yorqin lavhalari haqida o‘quvchilarga so‘zlab berildi.


30.05.2025 / 10:09.Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumta'lim maktabida “Metodik marafon” tadbiri bo‘lib o‘tdi

24.05.2025 / 11:43.Yunusobod tumanidagi 43-sonli umumta'lim maktabida ham “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida “So'nggi qo'ng'iroq” tadbiri ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi

18.05.2025 / 10:58.Yunusobod tumanidagi 246-maktab ma'muriyati tashabbusi bilan tashkil etilgan “Book Lab” kutubxonasining tantanali ochilishi bo'lib o'tdi