288-sonli umumta'lim maktabida "Voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etilishini oldini olish choralari" mavzusida tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 288-sonli umumta'lim maktabida tuman Хalq ta'limi bo‘limi hamda tuman Ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda "Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan salbiy holatlar, o‘quvchi-yoshlarning nazoratsiz va qarovsiz qolishlari, ular tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etilishini oldini olish choralari" mavzusida tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV tashkiliy departamenti xodimi, polkovnik M.Ismoilov, tuman xalq ta'limi bo‘limi mudiri O.Yarashev, tuman IIO FMB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik S.Mirzaraimov, psixolog-inspektorlar, maktab direktorlari, ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdilar. Tadbir yakunida kelgusida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.


Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















