O'quvchilarni tanqidiy fikrlashga o'rgatuvchi topshiriq shakli

Milliy oʻquv dasturi asosida yaratilgan darsliklar oʻquvchida tanqidiy fikrlash, maʼlumotlar asosida turli mulohazalar yuritish, maʼlumotlarni integratsiya qilish orqali xulosalar chiqarish koʻnikmalarini rivojlantiradi. Ushbu koʻnikmalarni shakllantirishda turli topshiriq tiplaridan foydalaniladi. Aynan shunday topshiriqlardan biri darsliklardagi “toʻgʻri/notoʻgʻri” yoki “ha/yoʻq” deya javob berish mumkin boʻlgan savollar turidir.

Ushbu topshiriq turi oʻrganilgan matn, maʼlumot, infografika, jadval, rasmdagi ochiq va yopiq tarzda berilgan maʼlumotlarni tushunish, bir necha maʼlumotni qoʻshish orqali yangi xulosaga kelish koʻnikmalarini rivojlantirishda juda qulay ekani bilan boshqa topshiriq turlaridan alohida ajralib turadi.

Mazkur topshiriq turidan ona tili, kimyo, matematika, geografiya, rus tili, oʻzbek tili fanlari boʻyicha yaratilgan darsliklarda keng foydalanilganini koʻrishimiz mumkin. Xususan, 3-sinf Tabiiy fanlar darsligining 30-betidagi mashq orqali oʻquvchilar organizmning tuzilishi mavzusida olgan bilimlari asosida inson salomatligiga foydali va zararli omillar haqida mushohada qiladilar. O'quvchilar olgan bilimlari asosida berilgan fikrlarni tahlil qilib, to'g'ri ma'lumotlarni ajratadilar. Bu esa axborot oqimi kuchaygan davrda ma'lumotlarni ajrata olish va ilmiy asoslash ko'nikmalarini rivojlantiradi.

Bu kabi topshiriqlarga til o'rgatishga doir barcha fanlar jumladan, Ona tili, O'zbek tili, Rus tili, Ingliz tili darsliklarida ko'plab misollarni topish mumkin. Jumladan, Ona tili darsliklarida “toʻgʻri/notoʻgʻri” yoki “ha/yoʻq” deya javob berish kerak bo'lgan  30 ga yaqin topshiriqlarni uchratasiz. 6-sinf “Ona tili” darsligida “Davlatni kim boshqaradi?” mavzusi mavjud. 

Ushbu mavzuda ham “toʻgʻri / notoʻgʻri” tipidagi topshiriqlardan samarali foydalanilgan. Oʻquvchilar avval uchta infografika bilan tanishadilar va ulardan oʻzlashtirilgan maʼlumotlar asosida xulosa chiqarib topshiriqni bajaradilar. 

Bunda oʻquvchilarning ochiq aytilgan maʼlumot (eksplitsit)ni tushunish, ochiq aytilmagan maʼlumot (implitsit)ni tushunish, bir necha maʼlumotni birlashtirish asosida xulosalar chiqarish kabi koʻnikmalarini rivojlantirish maqsad qilingan. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, ushbu koʻnikmalar oʻqish savodxonligini aniqlashga qaratilgan xalqaro baholash dasturlarining barchasida mavjud boʻlib, savollarning asosiy foizini tashkil qiladi.

Cambridge University Press nashriyotining Ingliz tili darsliklarida 60 dan ziyod shu topshiriqlar mavjud.  3- sinf Ingliz tili darsligining 19-betida keltirilgan topshiriqda o'quvchilar tinglab tushunish mashqini bajaradi. Audio matnni tinglagach berilgan gaplar to'g'ri yoki noto'g'ri ekanini aytishadi.

10-sinf Kimyo darsligining 11-sahifasida berilgan topshiriq noorganik va organik moddalar orasidagi farqlarni toʻgʻri aniqlay olish koʻnikmasini tekshirishga xizmat qiladi.

Oʻquvchilar jadvalda berilgan maʼlumotlarni tahlil qilib, noorganik moddalar haqidagi bilimlarini integratsiya qilgan holda notoʻgʻri maʼlumotni topadilar. Bu kabi topshiriqlarni xalqaro tadqiqot savollari, shuningdek, xorijiy davlatlar darsliklarida ham koʻplab uchratish mumkin. Topshiriq mulohaza qilish, toʻgʻri va notoʻgʻri maʼlumotni ajratish, oldin oʻrganilgan bilimlarga tayanish muhimligini, oʻquvchining oʻrganishda diqqat va masʼuliyat bilan yondashuvini tarbiyalaydi.

6-sinf Matematika  va 7-sinf Algebra darsligida bu kabi topshiqlar asosan Xalqaro baholash dasturiga oid topshiriqlar  bo'limiga kiritilgan.

Geografiya darsliklarida esa mazkur topshiriqlar “berilgan ma’lumotlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlang”, “ma’lumotlardan to‘g‘rilarini ajrating”, “ma’lumotlar orasidan xatolarini toping va ularni to‘g‘rilang”, “savollarga “Ha” yoki “Yo‘q” deb javob bering”, “ma’lumotlarning muqobil variantlari orasidan to‘g‘rilarini toping” tarzida beriladi va o‘quvchilarning ma’lumotlarni qanchalik o‘zlashtirganini aniqlashga xizmat qiladi.  10-sinf Geografiya darsligidagi "Mineral resurslar geografiyasi"mavzusidagi 4-topshiriq, "Jahon aholisining yosh-jins va irqiy tarkibi" mavzusidagi 5-topshiriq; "Osiyo qit’asining geografik o‘rni, chegaralari va siyosiy xaritasi" mavzusidagi  2-topshiriq; "Hindiston Respublikasi" mavzusidagi 5-topshiriq; "Braziliya" mavzusidagi 6-topshiriqlar shular jumlasidandir.  

Bu kabi topshiriqlar oʻquvchilarning ilmiy xabardorlik kompetensiyasi elementlardan biri boʻlgan berilgan maʼlumotlarni tahlil qilish, saralash, ulardan taʼlimiy maqsadlarda foydalanish va muloqot jarayonida bildirilgan fikrlarni tushunish koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.