“Ta'limda boshqaruv: Zamonaviy yondashuv va yangi talablar” mavzusida amaliy seminar o'tkazildi
Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan “Ta'limda boshqaruv: Zamonaviy yondashuv va yangi talablar” mavzusida amaliy seminar o'tkazildi.
Seminarda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova qatnashdi va so'zga chiqdi. Jumladan, unda maktab rahbarlarining yangi ta’Iim siyosati, maqsad va vazifalarini amalga oshirishga bo‘lgan munosabati va kasbiy qobiliyatlarini kuchaytirish borasidagi muhim vazifalari alohida ta'kidlab o'tildi.
Shuningdek, tadbirda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Nilufar Husanboyeva hamda boshqalar so'zga chiqdi. Unda poyoniga yetgan o'quv yilida erishilgan yutuqlar e'tirof etilib, yo'l qo'yilgan xato-kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi.

Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















