Hilola Umarova Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashdi
Samarqandda bo’lib o’tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar Ta’lim vazirlari yig’ilishi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashdi. Tadbir avvalida Kubanichbek Omuraliyev O’zbekistonda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarni alohida e’tirof etdi.
Uchrashuv davomida:
– Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o’rtasida hamkorlik aloqalarini kuchaytirish,
– maktab o‘quvchilari o‘rtasida xalqaro tanlov va olimpiadalarni kengaytirish, qardosh maktablar hamkorlik dasturini amalga oshirish,
– maktabgacha ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















