Futbol bo'yicha O'zbekiston U-17 terma jamoasi 2:0 hisobida jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishdi
Kecha futbol bo'yicha O'zbekiston (U-17) o’smirlar terma jamoasi Tailandda o'tkazilayotgan Osiyo kubogining chorak finalida Saudiya Arabistoni futbolchilarini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu g’alaba o’smirlarimizga nafaqat yarim final, shuning bilan birga joriy yil Indoneziyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanmani tuhfa etdi. Nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi tarkibida 23-raqamda to'p surayotgan Dilshod Abdullaev Yunusobod tumanidagi 122-sonli umumta'lim maktabining 11-sinfida o'qiydi. U raqib jamoa darvozasiga gol urib, O'zbekiston terma jamoasi g’alabasiga munosib hissa qo'shdi.

Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















