Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i boshchiligida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi

Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Nilufar Husanboyeva boshchiligida "Korrupsiyasiz soha" loyihasi doirasida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi.
Unda huquq-tartibot idoralari, shahar hokimligi mutasaddi tashkilot vakillari, shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari ishtirok etdilar.
Tadbirga tashrif buyurganlarga boshqarma rahbariyati va mas'ul xodimlari tomonidan sohada korruptsiyaga oid qonunbuzilishi holatlarini oldini olish va bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar berildi. Shuningdek, ochiqlik va shaffoflik printsipi asosida yo'lga qo'yilgan inson omilini kamaytirish maqsadida, maktabgacha va maktab ta'limi sohasida amalga oshirilgan raqamlashtirish ishlari haqida alohida to'xtalib o'tildi.
Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















