1967 yil, Toshkent shahri
Ma’lumoti oliy. 1989 y. Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: oila etikasi va psixologiyasi
MEHNAT FAOLIYАTI
1984-1985 yy. Toshkent shahar, Oxunboboyev nomli pionerlar uyi uslubchisi
1985-1989 yy. Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti talabasi
1989-1989 yy. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 21-sonli maktab kuni uzaytirilgan gurux tarbiyachisi
1989-1998 yy. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 21-sonli maktab o‘qituvchisi
1998-1999 yy. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 21-sonli maktab direktor muovini
1999-2000 yy. Toshkent shahar, Yunusobod tuman xalq ta’limi bo‘limi uslubiyot xonasi mudiri
2000-2002 yy. Toshkent shahar, Yunusobod tuman xalq ta’limi bo‘limi bosh mutaxassisi
2002-2003 yy. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 21-sonli maktab o‘qituvchisi
2003-2005 yy Toshkent shahar, Yunusobod tuman xalq ta’limi bo‘limi bosh mutaxassisi
2005-2011 yy. Toshkent shahar, Yunusobod tuman xalq ta’limi bo‘limi o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha mudir o‘rinbosari
2011-2017 yy. Toshkent shahar, Yunusobod tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiytarbiyalash sho’basi mutaxassisi
Lavozim vazifalari:
a) “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
b) maktab yoshidagi bolalarning umumiy o‘rta ta’limga jalb qilish ishlarini amalga oshirish, bolalarni umumta’lim maktablarining mikrohududi bo‘yicha qamrab olinishini tashkillashtirish va nazoratga olish;
v) umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar davomatini nazorat qilish;
g) umumta’lim muassasalarida o‘quvchilarning bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy attestatsiyasi bo‘yicha ishlarni belgilangan tartibda tashkil etilishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazadi va ularga metodik yordam ko‘rsatish;
d) umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchilariga attestat, shahodatnoma va sertifikatlar berilishi bilan bog‘liq faoliyatni muvofiqlashtirish va bu borada hujjatlarning to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish va ularga metodik yordam ko‘rsatish;
e) umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standarti doirasida mustaqil o‘zlashtirgan ta’lim oluvchilarni eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazilishini tashkil etish;
j) o‘quvchilar harakati (o‘quvchilar safiga qabul qilish va ularni hisobdan chiqarish) bilan bog‘liq faoliyatni muvofiqlashtirish;
z) mudir o‘rinbosari bilan birgalikda umumta’lim maktablarini yillik monitoring qilish reja-jadvali va dasturini ishlab chiqish, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning ish samaradorligi oshirilishini ta’minlash;
i) umumiy o‘rta ta’lim tizimini tashkil etilishi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish, ulardagi muammoli holatlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish, maktablar faoliyatini monitoring qilish materiallari va dasturini tayyorlash, o‘tkazilgan monitoring natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish;
k) umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkazilgan monitoring natijalari asosida ularning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;
l) ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari va maktab-internatlar faoliyati monitoringini amalga oshirish;
m) ta’lim sifati monitoringi bo‘yicha tayanch ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil qilish, ularning negizida ilg‘or tajribalar almashish, yangi pedagogik, axborot-kommunikatsion va boshqa texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha uchrashuvlar, seminarlar, konferensiyalar o‘tkazish, ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishni ta’minlash;
n) tayanch ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishga metodik yordam ko‘rsatish, o‘quv-tarbiya jarayonini metodik ta’minlash sho’basi metodistlari bilan hamkorlikda o‘quvchilar bilimidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha metodik materiallar tayyorlash;
o) ijodkor o‘qituvchilar faoliyatini targ‘ibot qilish maqsadida “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilishini tashkil etish;
p) ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish yuzasidan pedagoglar, o‘quvchilar va ota-onalar fikrlarini inobatga olgan holda takliflar tayyorlash va bo‘lim rahbariyatiga taqdim etish;
r) umumta’lim maktablaridan sohaga oid hisobotlarni to‘plash, tahlil qilish, bo‘lim rahbariyati va boshqa vakolatli yuqori turuvchi organlarga taqdim qilish;
s) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish